Apokalipsis

Apokalipsis (yunoncha apokalypsis-bashorat)-yahudiy va xristian dinlarining yuzaga kelishiga oid diniy adabiyot namunalaridan biri; ilohiy karomatli rivoyatlar. Yahudiy va xristian dinining paydo bo’lishi jarayonida diniy karomat xususiyatiga ega bo’lgan ko’p yozuvlar vujudga kelgan, lekin ulardan faqat bittasi — “Ioann (Yuhanno) karomati” xristianlikda Bibliya qanoniga kirilgan, qolganlari: “Qadimiy ahd” asarlaridan Yezdra va Varux Apokalipsislari, “Yangi ahd” adabiyotidan Pyotr, Mess, Zostrian karomatlari va hokazolar apokrif (soxta) deb e’lon qilingan. Shuning uchun Apokalipsis termini xristian an’anasida faqat “Ioann karomati” o’z mazmuni bilan “Qadimiy ahd” yozuvlariga yaqin. Shunday bo’lsa-da, yirik ruhoniylar (masalan, Lyuter, Tsingli) Apokalipsisga gumon bilan qaraganlar.