Appostollar

Appostollar (yunoncha apostolos-elchi; islomda havoriy-shogird, izdosh ma’nosida)-ilk xristianlikning shakllanish davrida darbadar diniy targ’ibotchilar. Appostollar hali ruhoniylar paydo bo’lmagan davrlarda jamoadan-jamoaga ko’chib targ’ibot yuritib, xristian dinining yoyilishida asosiy rol o’ynaganlar. Keyinchalik episkoplar paydo bo’lgach, Appostollar yo’qolgan. Appostollar nomi faqat Iso Masihning shogirdlari hisoblangan 12 kishidagina (Ioann, Matfey, Pyotr, Pavel, Mark, Yakov Iuda va boshqalar) saqlanib qolgan.