AQShDA FUQAROLAR URUSHI
AQShDA FUQAROLAR URUSHI (1861- 65) — 19 — asr o’rtalarida burjuaziya hukmron bo’lgan shimoldagi shtatlar bilan quldorlik hukmron bo’lgan jandagi Shtatlar o’rtasidagi kurash. Janubiy Shtatlardagi quldorlik AQShda sanoatning o’sishiga to’sqinlik qilardi. Janubdagi quldorlik Shtatlari qulchilikni saqlab qolish hamda uni butun mamlakatga yoyish maqsadida isyon ko’targanlar (1861 yil aprel). Bu urush ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichi (1861-62) da Janubiy Shtatlar ustun keldi. Chunki prezident A. Linkoln urushni qat’iyat bilan olib bormadi. Shimoliy Shtatlarni yuksalib borayotganidan cho’chigan Angliya va Frantsiya quldorlik shtatlarini qo’llab-quvvatladi. Urushning ikkinchi bosqichida (1863 — 65) shimoliy Shtatlar g’alaba qozondi. Unda keng xalq ommasi ishtirok etdi. Inqilobiy-demokratik harakatlarning kuchayishi natijasida Linkoln hukumati armiyani kuchaytirdi va boshqa tadbirlar ko’rdi. Uning urushda qatnashganlarga uncha katta bo’lmagan pul evaziga G’arbda 160 akr (65 ga) dan yer berish haqidagi (1862 yil may) va negr qullarni ozod etish haqida (1863 yil yanvar) gi qonunlari quldorlikka qarshi kuchlarni rag’batlantirdi, pirovardida Shimoliy Shtatlar g’alabasini ta’minladi. Urush burjua demokratik inqilob tusini oldi. 1864 — 65 yillarda Janubliklarning asosiy kuchlari tor-mor qilindi va 1865 yil aprelda quldorlik Shtatlarining poytaxti — Richmond shahri egallandi. Shimolning g’alabasi mamlakatda burjuaziya hukmronligini mustahkamladi, plantatorlar hukmronligi va qulchilikni yo’q qilgan (rasman 1863 yil 1 yanvarda bekor qilingan), G’arbdagi yerlarni o’zlashtirish va jadal sur’atda industrlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratib bergan. AQSh hududining aksariyat qismida qishloq xo’jaligida fermerlik (amerikantsa deb atalmish) yo’li g’alaba qilgan. Biroq fuqarolar urushi yersiz ozod qilingan neflarga haqiqiy ozodlik keltirmagan.