Areopag

Areopag (yunoncha Arelos-Ares tepaligi)-Qadimgi Afinadagi davlat organi. Areopag dastlab oqsoqollar uyushmasi bo’lib, sud va diniy ishlar ustidan nazorat qilib turgan; a’zolari sobiq arxontlardan umrbodga saylangan. Areopag tarkibiga 9 nafar arxont kirgan. Organning bosh vazifalari qonunlarga amal qilinishini nazoratda tutish va qotillik bilan bog’liq sud ishlarini ko’rib chiqish edi. Areopag hokimiyati cheklanishi Afina quldorlik demokratiyasi taraqqiyoti bilan boshlangan. Lekin Afina davlatining so’nggi damlariga qadar muhim hokimiyat va sudlov organiligicha qolgan.