ARG’ANUN
ARG’ANUN, arg’an (Arabcha, Yunoncha Organon) — maxsus meshlardan yo’naltiriladigan havo yordamida tovushlar yuzaga keladigan yirik musiqa cholg’u asbobi. Arg’anun Yevropa va Sharq xalqlari musiqa amaliyotida qadimdan (miloddan avvalgi 4-asr) mashhur bo’lib, o’rta asr qo’lyozmalarida turlicha tasvirlangan. Qomuschi olimlar Banu Muso bin Shokir (9-asr) va Abu Abdulloh al-Xorazmiy (yu- Arg’anun) larning ma’lumotlariga ko’ra, Arg’anun bir necha qoramol terisidan tayyorlangan uchta mesh va ularga biriktiriluvchi 12 tadan 40 tagacha bo’lgan yo’g’oningichka mis naylardan tarkib topgan. Meshlarga havo bir necha kishi yordamida puflab kiritilgan — pnevmatik Arg’anun, havo suv bosimi yordamida sadolanuvchi — mexanik Arg’anun, shuningdek har bir nayini bir kishi chalgan Arg’anun turlari bo’lgan. 14 — 15-asrlarda Arg’anun Yevropada ancha takomillashtirilib, unga klavishlar o’rnatilgan. Forobiy, al-Isfahoniy, Ibn Sino, Xusrav Deg’laviy, Alisher Navoiy va boshqalar. Sharq mutafakkirlarining asarlarida Arg’anun va uning ijrosidagi musiqaning estetik ta’sir imkoniyatlari tasvirlangan. 17 — 19-asrlardagi ma’lumotlarga ko’ra, Arg’anunning boshqacha shakllari ham Sharq xalqlarida keng qo’llanilgan.