ARGENTOMETRIYA

ARGENTOMETRIYA (Yunoncha argentum -kumush va metreo — o’lchayman) — miqdoriy analizning titrlash usuli. Kumush nitrat (AgNO3) ning titrlangan eritmasidan foydalanishga asoslangan. Bunda tekshirilayotgan eritma — kumush nitrat eritmasi yoki uning or-tiqchasi natriy xlorid (NaCl) eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasini eritmaning bir tekis loyqalanishiga qarab, shuningdek har xil elektr kimyoviy va fotometrik usullardan foydalanib aniqlash mumkin. Argentometriyadan kumush, xlor, brom va boshqa elementlarning atom molekulani aniqlashda, ba’zi mamlakatlarda esa kumush tangadagi kumush miqdorini aniqlashda va umuman anionlari kumush kationi bilan kam eruvchan quyqalar hosil qiladigan tuzlar va kislotalar miqdorini yuqori darajadagi aniqlik bilan o’lchashda foydalaniladi.