ARGON
ARGON (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, atom molekula 39,948, birinchi marta 1894 yilda havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 189,4°, qaynash temperaturasi 185,87°. Argon odatdagi temperaturada atomar holda bo’ladi, birikish reaktsiyalariga kirishmaydi. Atmosferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 (0,063%), Ag36 (0,337%). Argonning bir necha sun’iy radioaktiv izotoplari ham olingan: Ag39 (yarim emirilish davri 265 y.), Ag37 (yarim emirilish davri 34 kun). U boshqa inert gazlarga qaraganda ko’proq uchraydi. Argon havoda hajm jihatdan 0,993% ni tashkil qiladi. Argonning valentli, ya’ni ionli va kovalent birikmalari olinmagan, ammo Ag.6N2O va shuning kabi bir necha molekulyar birikmasi olingan. Argon kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini to’ldirishda, reklama naylarini (ko’k havo rang shu’lalanadi) va yuqori chastotalar texnikasida ishlatiladigan naylarni to’ldirishda qo’llaniladi.