ARIFMETIK UCHBURCHAK
ARIFMETIK UCHBURCHAK — binomial koeffisientlardan iborat sonlarning uchburchakli jadvali. Yon tomonlarida birliklar turadi, undagi har bir sonni shu son ustida turgan ikkita sonni qo’shib hosil etiladi. Arifmetik uchburchak Paskalning «Arifmetik uchburchak haqida risola» nomli kitobida (1665) uchragani uchun uni ko’pincha Paskal uchburchagi deb yuritishadi. Arifmetik uchburchak XI-toyda 1303 yil ma’lum bo’lgan. Germaniyada 1544 yil Shtifel asarlarida uchraydi. Hindistonda shoir Pintala (miloddan avvalgi 2-asr) poyeziyaning ba’zi masalalarini hal qilishda Arifmetik uchburchakdan foydalangan. Shunga ko’ra, Arifmetik uchburchak turli mamlakatlarda turlicha atalib kelgan: Germaniyada uni Shtifel uchburchagi, Italiyada Tartalya uchburchagi deb yuritishgan. Bizda esa uni Umar Xayyom uchburchagi deb atash to’g’riroq bo’lar edi, chunki Arifmetik uchburchak Umar Xayyom asarlarida uchraydi.