ARIZONA
ARIZONA — AQSh Janubi-g’arbidagi shtat. Maydoni 295 ming kilometr kvadrat. Aholisi 4 million. Ortiq kishi (1999). Ma’muriy markazi — Finiks shahri. Markaziy qismi tog’lar (balandligi 3861 metrgacha), shimoliy-sharqi Kolorado va xila platolaridan iborat. Bu platolarni Kolorado daryosi kesib o’tadi. Xo’jaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va konchilik sanoati. Asosan paxta ekiladi. Beda, sabzavot, tsitrus ekinlar ham anchagina maydonni egallagan. Chorvachiligi go’sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Kolorado daryosiga yirik GES qurilgan. Mis qazib chiqarishda Arizona AQShda 1-o’rinda turadi va oltin qazib olish ham katta o’rin tutadi. Rangli metallurgiya (mis, alyuminiy), metallsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Turizm taraqqiy etgan. Arizonada katta Kanon milliy parki bor.