Ark

Ark (forscha)-O’rta Osiyo ko’hna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qal’aband o’rda. Yozma tarixiy manbalarda ko’handiz, diz, koh, qal’a, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy tepalik yoki maxsus yaratilgan baland do’nglik ustiga qurilib, atrofi yuksak devor bilan o’ralgan, bir yoki ikki darvozasi bo’lgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va boshqa binolar bo’lgan. Buxoro Ark, Qo’qon o’rdasi, Ko’hna Ark tashqi qal’aband devorlari, ichkaridagi serhasham saroy binolari saqlanib qolgan.