ARMAN TILI
ARMAN TILI — arman xalqining tili. Hind-Yevropa tillari oilasining mustaqil bir guruhi. Ayrim fonetik, morfologik, leksik xususiyatlariga ko’ra, Kavkaz tillariga yaqin. Bu tilda jahon miqyosida 4 millionga yaqin arman so’zlashadi, shundan 3,0 millionga yaqini Armanistonda, 1 milliondan ortiqrog’i xorijda. Arman tili tarixi uch davrga bo’linadi, ya’ni: a) qadimgi Arman tili (Grabar tili, 5 — 11-asrlar); b) o’rta davr Arman tili (11 — 17 asrlar); v) hozirgi arman adabiy tili (17-asrdan boshlab). U ko’plab dialektlarga ajraluvchi g’arbiy va Sharqiy guruhga ega. Armaniston aholisi Sharqiy guruh Arman tilida so’zlashadi. Arman tilida 6 unli va 30 undosh tovush bor. Grammatik jins yo’qolgan, 7 kelishik, turlanishning 8 xili mavjud. Arman tili asosan agglyutinativ tildir.