ARRAGUL

ARRAGUL — 1) arrasimon shaklli o’yma naqsh, o’zbek o’ymakorligida keng qo’llaniladi; 2) sopol idishlarga ishlanadigan bezak-gulning nomi, ba’zan parragul deb ham ataladi. Kosa va laganlarga Arragul har xil ranglar bilan chiziladi.