ARRENOBLASTOMA

ARRENOBLASTOMA, maskulinoma (Yunoncha arren — erkakka xos va blastos — o’simta) — tuxumdon o’smasi; bunda ayollarga xos belgilar yo’qolib, erkaklarga xos belgilar yuzaga chiqadi. O’rta yoshdagi ayollarda uchraydi. Amenoreya, sut bezlari atrofiyasi va bepushtlikka sabab bo’ladi. Davosi: jarrohlik yo’li bilan o’smali tuxumdon olib tashlanadi.