ARSAF

ARSAF — Xurosonda, Hirotdan G’arbdagi cho’l. Amir Temur 1362 yil Seyistonda bo’lgan janglarning birida yarador bo’lganidan so’ng bir oy shu cho’lda dam olib, davolangan va mo’g’ullarga qarshi kurashish uchun askar to’plagan.