ARSENOPIRIT

ARSENOPIRIT (mishyak kolchedani) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi FeAsS. Qo’shimchalari: So, Ni, Ai. Qattiqligi 5,5 — 6. Sof og’irligi 5,9 — 6.3. Rangi kumush tusli oqdan kul ranggacha. Metallsimon yaltiroq, mo’rt, donador va cho’ziq agregatlardan iborat bo’lib, kristall shaklida ham uchraydi. Ko’pincha gidrotermal konlarning yuqori va o’rta temperaturali zonalarida kvars, pirit kabi minerallar bilan uchraydi. Asosan mishyak, oz miqdorda kobalt va oltin olinadigan mineral. O’zbekistonning deyarli barcha polimetall konlarida uchraydi.