ARSHAK
ARSHAK (? — miloddan avvalgi 248-247) — Parfiyada hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Kaspiy dengizining Janubi-sharqida yashagan Parn qabilasining boshlig’i bo’lgan. Arshak aslida qabila boshlig’iga berilgan unvondir. «Ar» (yer) so’zi Botir, Mard, Bahodir, Pahlavon demakdir; Arshak esa shaklarning botiri ma’nosini anglatadi. Ba’zi tarixchilar (V. G. Lukonin) Arshakni qadimgi pahlaviycha Kavi Arshan — Bahodir kamonchi nomi bilan bog’laydilar. Parfiya podsholari ichida faqat sulola asoschisi (Arshak 1) gina shu ismda bo’lgan.