ARSINLAR

ARSINLAR — margimush gidrit (AsH3) ning organik hosilalari. Ular birlamchi RAsH2, ikkilamchi RjAsH va uchlamchi R, As Arsinlarga bo’linadi. Arsinlar qo’lansa hidli bo’lib, suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, oson oksidlanadi. Ko’pchiligi xavoda o’z-o’zidan uchuvchan moddalardir. Asiklik Arsinlar, ayniqsa birlamchilari zaharli, organizmga margimush gidridga o’xshash ta’sir etadi.