ARTEK

ARTEK — bolalarning iqlimiy shifoxonasi. 1925 yil tashkil etilgan. Qrimda, qora dengiz bo’yida, Gurzuf yaqinida joylashgan. 1991 yilgacha Butunittifoq pionerlar lageri, 1991 yil maydan xalqaro bolalar markazi. Artekning me’moriy majmuasi alohida iqlimiy shifoxonalardan iborat («Morskoy», 1960 — 61, «Pribrejniy», 1960-64, «Gorniy», 1972, me’mor A. T. Polyanskiy va boshqalar).