ARTIKULYATSIYA

ARTIKULYATSIYA (lotincha articilo) — 1) tilshunoslikda: muayyan tovushni hosil qilishda nutq muchalarining harakati, holati, ishtiroki; 2) musiqada: asarni sozda yoki ovoz bilan ijro etish usuli. Artikulyatsiyaning asosiy turlari: legato (tovushlarning o’zaro bog’lanishi) va stakkato (tovushlarni uzib-uzib sadolash). Ulardan tashkari portamento, glissando kabi Artikulyatsiya ifodalari ham bor. Artikulyatsiya ijrochining harakatlari (cholg’uni ushlashi, qo’li, butun vujudi va yelkalarining harakati, barmoq bosishi va bo’shatishi) ga bog’liq. To’g’ri Artikulyatsiya ijroning yuksak badiiy va ta’sirchan bo’lishida katta ahamiyatga ega; 3) texnika akustikasida: radio, telefon va boshqalardan tovushning aniq eshitilishi. Artikulyatsiya to’g’ri qabul qilingan tovushlarning umumiy uzatilgan tovushlarga nisbatini (foizlarda) ko’rsatadi va uzatuvchi tizimning akustik sifatini aniqlaydi.