ARUZ

ARUZ (Arabcha — arz qilmoq) — she’riy o’lchov, vazn. Yaqin va O’rta Sharq xalqlari she’r tizimi. Aruz nazariyasi turkiy xalqlarga, xususan o’zbek she’riyatiga arablardan o’tgan. Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida ko’rsatilishicha Aruz vodiy, rukn nomiga to’g’ri keladi, ko’chma ma’noda «ustun» degani. Aruz nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning «Kitob al-aruz»i («Aruz kitobi») da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishoburiylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda Aruz ning ilk namunalari Islom kirib kelgungacha bo’lgan davrlardagi qad. maqol va topishmoqlarda, «Devonu lug’otit turk»da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig»i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. Aruz avval Arab alifbosi asosidagi eski o’zbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, ya’ni cho’ziq unli tovush bo’lgan. Harakatlar bilan ko’rsatiluvchi yana uchta unli — zabar —a, zer, — i, pish — u mavjud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qo’yib, ochiq bo’g’inlar hosil etilgan, yopiq bo’g’in undosh ustiga sokin (ko’pligi sukun) alomati (—) ni qo’yish orqali hosil qilingan. Cho’ziq unlilar ochiq bo’g’inda sokinli deb tushunilgan va bunday bo’g’inlar, asosan, cho’ziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juzvlar tuzilgan. Juzvlar 3 ta bo’lib, ularning har biri 2 xil ko’rinishga ega. Arablar chodir uyni, ko’chma ma’noda, ikki misra she’rni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda chodir jihozlari bo’lgan — arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular o’z ichida sababi Xafif (engil sabab): (may): —; sababi Saqil (og’ir sabab): (ko’zi): W; vatadi majmu’ (yig’iq vatad): (Samar): V —; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) — V; fosilai sug’ro (kichik fosila): (yuragim): W —; fosilai Kubro (katta fosila): (yashamagan): VW —kabi turlarga bo’linadi. Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil bo’lgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, mafailatun, maf’ulatu (cho’ziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: Fai-la-tun bilan mustaf’i-Lun. Asl ruknlar juzvlardan tuziladi: «faulun»da vatadi majmudan so’ng sababi Xafif keladi. Aruzda zihof degan qism bor. Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi ko’rsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday o’zgarishlar 44 ta. Masalan, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (mafailun) dan (failun) qoladi, uning o’rnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyiladi. Aruz nazariyasida rukn va zihofdan so’ng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi: 1) asl ruknlarning takroridan hosil bo’luvchi bahrlar (bunday baxrlar yettita): hazaj mafailunning, rajaz mustaf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafailunning, mutaqorib faulunning, mutadorik Failunning takrorlanishidan hosil bo’ladi; 2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatlashib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf’ilun failatun mustaf’ilun. Munsarih: mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu. Muzori’: mafailun failatun mafailun failatun. Mujtass: mustaf’ilun failatun mustaf’ilun failatun. Muktazab: maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafailun. Madid: failatun failun failatun failun. Basit: mustaf’ilun failun mustaf’ilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: failun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlanadi, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari’: mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulatu. G’arib (jadid) failatun failatun mustaf’ilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, so’ng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafailun. Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga bo’linadi. Asl runklardan hosil bo’lgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar deyiladi. Solimlik va tarmoqlik xususiyati vaznlarga ham xos. Aruzni tushuntirish vositalaridan biri — doira. Baxrlar tuzilishidagi o’xshashliklariga ko’ra doiralarga biriktiriladi. Doiradan so’ng taqti’ (parchalash) turadi. Bunda bayt ruknlarga ajratilib, vazni aniqlanadi, Taqgi’til, yozuv va talaffuz bilan bog’liq. Aruz haqidagi o’rta asr nazariyasida shakl bilan mazmun o’rtasidagi uzviylik xususiyati haqida gapirilmaydi. Aruzni juzv, zihof, bahr, doira, faulunsiz ham oson tushuntirish mumkin. Bunda bo’g’in, rukn, vazn, ritmik pauza, turkumlar ritmni yuzaga keltiradi. Aruzga oid hozirgi zamon qarashi o’zbek kirill yozuviga asoslangan. Bunda ochiq (unli tovush bilan tugagan) bo’g’in qisqa va cho’ziq bo’g’in vazifasini, yopiq (undosh tovush bilan tugagan) bo’g’in cho’ziq bo’g’in vazifasini, o, i, e, u tovushlaridan yasalgan yopiq bo’g’inlar o’ta cho’ziq bo’g’in vazifasini o’taydi. Ochiq bo’g’in cho’ziq bo’g’in vazifasida ham, qisqa bo’g’in vazifasida ham kelaveradi, chunki u bilan yopiq bo’g’inning cho’ziqlik darajasidagi tafovut oz. Ba’zi yopiq bo’g’inlardagi unlilar boshqa yopiq bo’g’inlardagi unlilarga nisbatan cho’ziqroq bo’lgani uchun yopiq bo’g’in doimo cho’ziq yoki o’ta cho’ziq bo’g’in o’rniga o’tishi mumkin. Ayrim yopiq bo’g’inlardagi undosh tovush ochiq bo’g’indagi undosh tovushdan ko’p (qor, zulm), bunday yopiq bo’g’inlar misra ichida bir cho’ziq va bir qisqa bo’g’in o’rniga o’tadi. Bunda qisqa bo’g’in «V», cho’ziq bo’g’in «—», o’ta cho’ziq bo’g’in «so» belgisi bilan ko’rsatiladi. Yonma-yon kelgan ikki undosh tovush orasida qisqa «i» bordek aytiladi: Zor meni qilur ishq, G’-VV — V-co Xor meni qilur ishq VV — V—so I II (Bobur, «muxtasar») bu baytdagi «zor», «xor» bo’g’inlarining har biri cho’ziq va bir qisqa bo’g’in hisobiga o’tgan, yuqorida «—V» belgisi bilan tayinlangan. Ko’pincha, misra ichida shunday ko’rsatiladi, aslida «so» belgisini qo’yish ham mumkin. «Ishq» bo’g’ini misra oxirida kelganligi uchun «so» belgisi ishlatilgan. Mazkur baytdagi II rukn to’rt bo’g’inli, o’lchovi ham «V— so»dir. Ammo «ishq», «ilm» kabi so’zlar taqti’da o’zlaridan keyingi unli bilan boshlangan so’zlarga tutashadi, bunda so’z oldingi vazifasini bajarmaydi. Aruzda ritm bo’g’inlardan ruknlarni hosil qilish orqali paydo bo’ladi. Bo’g’inlarning ruknlarga uyushuvida ruknlarning shakli katta ahamiyatga ega. Bu hol, goho bir so’zning ikki ruknga bo’linib ketishiga olib keladi: «hajring» — «hajring», ko’nglumda» — «ko’nglumda» kabi. Bu ritmni uyushtirishning o’ziga xos jihatlaridan biridir. Ruknlar bir bo’g’inlidan olti bo’g’inligachadir. Har bir misradagi ruknlar o’zaro uyushib, vaznni yuzaga keltiradi. Ritm yaratilishi ruknlardan vazn hosil etishga ham bog’liq: vaznlar bayt doirasida to’rt ruknli (murabba), olti ruknli (musaddas) va sakkiz ruknli (musamman) bo’ladi. Ritm yaratilishining sabablaridan biri ritmik pauzadir. Ritmik pauza misra oxiridagina emas, ichida ham bo’ladi. She’riyatdagi pauza izchil, mutanosib, parallel va ritmikdir. Boburdan keltirilgan har bir misrada ikkitadan rukn bo’lib, rukn oxirida ritmik pauza yuzaga chikadi, ammo 1-rukn oxiridagi ritmik pauza bilan misra oxiridagi ritmik pauza cho’ziqlikda teng emas. Bu, avvalo, she’rda ifoda etilgan mazmun va u taqozo etgan intonasiyaga qaraydi. Misralar ichida, ba’zi ruknlardan so’ng ritmik pauza bo’lmasligi ham mumkin. Bunday holat bir so’z ikki ruknga bo’linib ketganda uchraydi. Aruzda ritmni uyushtirishda turkum ham qatnashadi. Habibiyning «Ko’klam», Erkin Vohidovning «Lola» g’azallaridagi har bir misra 14 bo’g’inli, lekin boshqaboshqa vaznda. Ularning vaznlari turlicha bo’lsada, ritmda yaqinlik seziladi. Bu ikki g’azal Unt-Urtlik turkumga qarashli. Bu turkumda yana boshqa vaznlar ham bor. Aruzda misrasi 4 bo’g’inligacha bo’lgan she’rlar mavjud. Abu Nuvos (762-815), Abu Tammom (796 -843), al-Maarriy va boshqalar. Arab tilida; Sa’diy, Hofiz, Dehdaviy, Jomiy va boshqalar fors tilida; Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqalar turkiyda Aruzdagi she’riyatning eng mukammal namunalarini yaratdilar. Aruz o’zbek she’riyatida 20-asrning 20-yillarigacha yetakchi bulgan, barmoq tizimi kam qo’llanilgan. Keyinchalik barmoq tizimi yetakchilik qilgan. Bu — uslub, shoirlarning qiziqishi, malakasi bilan bog’liq hodisa. Ad.: Alisher Navoiy, mezon ulavzon, T., 1949; Bobur, Muxtasar, T., 1971; To’ychiyev U., O’zbek poeziyasida aruz sistemasi, T., 1985. U. Tuychiyev.