Arxont

Arxont (yunoncha archon-boshliq, hukmdor)-1) Yunonistondagi oliy mansabdor shaxs. Rivoyatlarga ko’ra, arxontlik lavozimi umrbod hisoblangan, keyinroq 10 yilga, miloddan avvalgi 683 yildan boshlab esa bir yilga keltirilgan. Arxont 9 kishidan iborat bo’lgan. Solon islohotidan (miloddan avvalgi VI asr) keyin arxontlik lavozimiga oliy darajadagi mulkdorlar saylangan. Klisfen islohotidan so’ng (miloddan avvalgi V asr) Arxont o’zining siyosiy ahamiyatini yo’qotgan; 2) Vizantiyada provintsiyalar rahbarlari, harbiy sarkardalar, nihoyatda badavlat kishilar, chet ellardagi hukmdorlar va qabilalar sardorlari Arxont deb atalgan.