ASALARICHILIK ASBOBLARI

ASALARICHILIK ASBOBLARI — asalari boqishda va asalarichilik mahsulotlarini ajratib olishda qo’llaniladigan asbob-uskunalar. Asalarilarni nazorat qilishda himoyalanish, asalari uyalarini tozalash, mumkataklar, yog’och romlar tayyorlash, ona asalarilarni parvarishlash, asalni ajratib olish asboblaridan iborat. Asalarilar uchun qulay sharoitlar yaratish, asal sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi, asalarichilik mahsulotlarining nest-nobud bo’lmasligini ta’minlaydi.