ASBOPO’LAT LISTLAR

ASBOPO’LAT LISTLAR — ikkita maxsus asbestlatek qog’ozi orasiga perforasiyalangan (teshik-teshik) karkas qo’yib hosil qilingan mahsulot. Listning har ikki tomoniga grafit qoplangan. Avtotraktor dvigatellarining detallarini yig’ishda zichlovchi qistirma sifatida ishlatiladi. Asbopo’lat listlar qalinligi 1,75 millimetrgacha qilib ishlab chiqariladi.