ASHRAFOVA MUQADDAM

ASHRAFOVA MUQADDAM (1919-Toshkent — 1999.22.5) — jarroh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari Doktori (1964), professor (1967). 2-jahon urushi frontlarida vrachlik qilgan (1943-45). Toshmi II jarrohlik klinikasining ordinatori (1945-47), davolash fakulteti fakultet jarrohligi kafedrasining assistenti (1947-58) va dotsenti (1958-66), 1966 yildan stomatologiya fakulteti umumiy jarrohlik kafedrasining mudiri. 1989 yildan nafaqada. Ilmiy ishlari asosan bosh miya, jigar va taloq jarrohligi masalalariga bag’ishlangan. II darajali «Sog’lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1994).