ASKOLD VA DIR

ASKOLD VA DIR — Kiyev knyazlari (9 — asr 2 — yarmi). Yilnomalarga ko’ra Ryurik boyarlari bo’lganlar. Askold va dir nomlari 10-asrda yashagan Arab tarixchisi Mas’ud asarlarida, shuningdek so’nggi davrlardagi yilnomalarda ham uchraydi (12-asr). Askold va dir Krivich va Polosk erlariga ikki marta yurish qiladi. Taxminan 866 yil Rusning Istanbulga yurishiga rahbarlik qilgan. Askold va dirni 882 yil Novgorod knyazi Oleg o’ldirgan.