ASMO’UN-NAG’AM
ASMO’UN-NAG’AM (Arabcha — tovush (nag’ma)larning otlari), Asomiy nag’amot— 10 —12-asrlarda O’rta va yaqin Sharq musiqa nazariyasida jam’-ut-tomni tashkil etuvchi jinslar va tovushlarning maxsus atamalari. Asmo’un-nag’am jins va tovushlarga nisbatan qo’llanilgan yunoncha atamalarning arabchaga so’zma-so’z tarjimasi bo’lib, ba’zi Sharq qo’lyozma manbalari (masalan, Forobiyning «Kitob ul-musiqo al Kabir» — «Musiqa haqida katta kitob» asari) da ularning yunoncha muqobili ham keltiriladi. Asmo’un-nag’am musiqa amaliyotida qo’llanilmaganligi sababli, keyinchalik (12-13-asrlardan boshlab) musiqa nazariyasida ham unutilib ketgan.