ASOS BO’YOQLAR
ASOS BO’YOQLAR — asoslarning xossalarini namoyon qiluvchi organik bo’yoqlar. Tarkibida aminoguruhlar bo’ladi. Asos bo’yoqlar turli rangli yorqin bo’yoqlar. Ular asosan qog’oz, teri, yog’och va boshqalarni bo’yashda qo’llaniladi. Asos bo’yoqlar va fosfor-volframmolibden kislota tuzlari poligrafiyada keng ishlatiladi. Poliakrilonitril tolalarni bo’yash uchun qo’llaniladigan Asos bo’yoqlar juda yorqin va mustahkam bo’ladi.