ASQAROV ULUG’BEK AKBAROVICH

ASQAROV ULUG’BEK AKBAROVICH (1928.23.2, Toshkent) — terapevt, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari Doktori (1970), professor (1970), A. A. Lodyuvning o’g’li. 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri (1971-96), 1997 yildan shu kafedrada professor-konsultant. Ilmiy ishlari antibiotikoterapiya, gematologiya, gastroenterologiya, Dietologiya va farmakoterapiya masalalariga bag’ishlangan. Asqarov O’zbekistonda surunkali koligning kelib chiqishi, patogenezi, klinikasi va davolash usullarini ishlab chiqqan. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.