ASTRODATCHIK

ASTRODATCHIK — biror sayyora yoki yulduzga tomon yo’nalishni aniqlash uchun sun’iy yo’ldosh yoki avtomatik stansiya bortiga o’rnatiladigan asbob; sezgir fotopriyomnik va yordamchi radioelektron apparatlar bilan jihozlangan ixcham teleskop. Astrodatchik yoritqichga tomon yo’nalishning xiyol o’zgarishini ham qayd qiladi. Navigatsiya masalalarini astronomik usulda hal qilish, giroskopik barqarorlash va mo’ljallash ishlarida qo’llaniladi.