ASTRONAVIGATSIYA

ASTRONAVIGATSIYA — dengiz kemasi, samolyot, yerning sun’iy yo’ldoshi, kosmik kemalar va boshqalarning harakat yo’nalishi va vaziyatini aniqlash usuli. Dengiz kemasi yoki samolyotning vaziyati va harakat yo’nalishini astronomik kuzatishdan aniqlash usullari dengiz astronomiyasi yoki aviasiya astronomiyasida o’rganiladi. Hozir yerning sun’iy yo’ldoshlari yordamida dengiz va okeanlardagi kemalar va avtomatik apparatlarning vaziyatlarini, yo’nalishlarini, tezligini va orbitalarini yer, oy, Quyosh va koordinatlari juda aniq yulduzlarga nisbatan hisoblab, tekshirib borish Astronavigatsiyaning vazifalari hisoblanadi. Quyosh sistemasidagi sayyoralararo uchishni va Yerga yaqinlashib o’tadigan kometalar tomon yuboriladigan avtomatik apparatlarni boshqarish va aynan mo’ljalga olib borish ishlari ham Astronavigatsiyada bajariladi.