ASTRONOMIK PUNKT

ASTRONOMIK PUNKT — astronomik kuzatishlardan kenglama va uzunlamasi hamda yo’naltirilgan predmet azimuti topilgan yer yuzasidagi nuqta. Ba’zi Astronomik punktlarda yuqoridagi u yoki bu parametr aniqlanmagan bo’lishi mumkin. Agar Astronomik punkt triangulyatsion punkt bilan mos tushsa va unda uch astronomik kattalik aniqlangan bo’lsa, u Laplas punkti deyiladi. I va II darajali triangulyasiyada Astronomik punkt har 70-100 kilometrda aniqlanadi. Oddiy Astronomik punktdan tashqari boshlang’ich Astronomik punkt ham bo’ladi. Ularda astronomik uzunlama alohida e’tibor va aniqlik bilan topiladi. Ular kuzatuvchining xususiy xatolarini aniqlash uchun xizmat qiladi.