ASTROPOLYARIMETRIYA

ASTROPOLYARIMETRIYA (ostro… va Yunoncha polaris — qutbga oid, metreo — o’lchayman) — osmon yoritqichlari nurining qutblanish darajasini o’lchab, ularning ayrim fizik xususiyatlarini o’rganuvchi astrofizik usul. Yoritqich nurining qutblanish darajasi polyarimetr vositasida o’lchanadi. Polyarimetrik o’lchashlar vizual, fotografik va fotoelektrik usullar bilan bajariladi. Yoritqichdan kelayotgan nur astrofotometrta tushishidan oldin polyarizator orqali o’tadi. Polyarizatorni o’z o’qi atrofida aylantirib, fotometrga tushayotgan no’rning intensivligi o’lchanadi. Nup qutblanmagan bo’lsa, polyarizatorni aylantirganda uning intensivligi o’zgarmaydi. Agar nur qutblangan bo’lsa, polyarizatorning ma’lum aylanish burchagida uning intensivligi eng kuchli (Imax) bo’ladi. Yoritqich nurining qutblanish darajasi deb aytiladi. Ko’pgina yulduzlar, Quyosh toji, sayyoralar, oy sirti ayrim qismlarining nurlari qutblanganda Astropolyarimetriya ana shu qutblangan nurlarning paydo bo’lish sabablarini ham o’rganadi. Masalan, Quyosh tojining 50% igacha qutblangan nurlar va fotosfera nurining tojdagi tez elektronlarga sochilishi natijasida hosil bo’ladi. Osmon yoritqichlarining fizik tabiatini o’rganishda Astropolyarimetriya qo’shimcha fizik ma’lumot beradi.