ASVON

ASVON (qadimgi nomi Siena) — MARdagi shahar. Nilning o’ng sohilida, Asvon viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 196 ming kishi (1986). Temir yo’l stantsiyasi, daryo porti, avtomobil yo’llari tuguni. To’qimachilik, kimyo va charm poyabzal sanoati korxonalari bor. Asvon atrofida yirik sanoat-energetika rayoni barpo etilgan. Shahar yaqinida eski va yangi baland Asvon to’g’oni bor. Mineral o’g’it zavodi, GES qurilgan. Asvon yaqinida temir rudasi qazib chiqariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Qohira osori atiqa muzeyining filiali, botanika bog’i bor. Kurort joy. Turizm markazi va ismoiliylarning diniy ziyoratgohi.