ATELYE

ATELYE (Fransuzcha atelier — rassom ustaxonasi) — aholiga maishiy xizmat ko’rsatuvchi ustaxona, korxona: a) kiyim-kechak tikuvchi ustalar, chevarlar korxonasi. Masalan, modalar Atelyesi — yakka tartibda kiyim tikiladigan tsex, ishxona; b) radio, televizor, soat va boshqa buyumlar tuzatiladigan ustaxona; v) Suratkashlik, haykaltaroshlik ishxonalari, kinostudiya paviloni.