ATEROMA

ATEROMA (Yunoncha athera — bo’tqa) — yumshoq, elastik, yuzasi silliq teriga yopishgan og’riqsiz tuzilma, xavfsiz o’sma; yog’bezi chiqish yo’lining bekilib qolishidan paydo bo’ladi. Boshning sochli qismi, yuz, tashqi jinsiy a’zolarda kuzatiladi, ko’pincha yakka holda, ba’zan ko’p bo’ladi. Jarrohlik yo’li bilan davolanadi.