ATLANTIKSITI
ATLANTIKSITI — AQSh shimoli- sharqidagi shahar, Nyu-Jersi shtatida. Aholisi 309 ming kishi (1988; shahar atrofi bilan). Silikat-keramika, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Kimyo farmatsevtika uskunalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Dengiz kurorti, xalqaro turizm markazi.