ATMOSFERA FIZIKASI

ATMOSFERA FIZIKASI — atmosferada sodir bo’ladigan hodisalarning fizik qonuniyatlarini o’rganuvchi fan. Atmosferadagi termodinamik jarayonlar, atmosferaning tarkibiy tuzilishi, unda suv bug’larining quyumanishi, bulut, tuman va yog’inlarning hosil bo’lish jarayonlari, nurlanish, optik, elektr va akustik hodisalarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Atmosfera fizikasining taraqqiy etishi natijasida atmosferaning yerga yaqin qatlami fizikasi alohida bo’lim sifatida vujudga keldi. U insoniyat, hayvonot va o’simlik dunyosi uchun bevosita ahamiyatga ega bo’lgan hodisalarni o’rganadi. Atmosfera fizikasining yana bir bo’limi — atmosferaning yuqori qatlamlari fizikasi. Meteorologik raketalar va yer sun’iy yo’ldoshlarini uchirishda, sayyoralararo aloqa muammolarini hal qilishda, ob-havoni ifodalovchi hodisalarning to’la fizik modelini tuzishda bu bo’limning muhim ahamiyati bor.