ATMOSFERA OPTIKASI

ATMOSFERA OPTIKASI — geofizikaning Quyosh, oy va boshqa yoritqichlardan Yer atmosferasini yorib o’tib kelayotgan nur oqimlariga oid hodisalarni o’rganadigan bo’limi. Atmosfera optikasi asosan, yorug’lik nurlarining sinishi tufayli osmon gumbazida yoritqichlarning o’rni siljiganday bo’lib ko’rinishi, yorug’lik nurlarining yutilishi, sochilishi va ob-havo hodisalari bilan bog’liq bo’lgan optik hodisalar (tong shafag’i, Kamalak, sarob hodisalari) ni o’rganadi.