ATMOSFERA TO’LQINLARI
ATMOSFERA TO’LQINLARI — zichligi va harakat tezligi har xil bo’lgan ikki havo qatlami chegarasida hosil bo’luvchi va rivojlanuvchi to’lqinlar. Harakatdagi havo massalarining tezliklari farqi qancha katta, zichliklari farqi qancha kichik bo’lsa, Atmosfera to’lqinlari shuncha katta bo’ladi. Xillari: 1) Gelmgols to’lqinlari — zichligi va harakat tezligi o’zaro farq qiladigan ikki havo qatlami chegarasida hosil bo’ladigan qisqa to’lqinlar; 2) yerning aylanishida hosil bo’ladigan og’ish kuchi ta’sir qiluvchi tsiklonli (frontal) to’lqinlar; 3) bosim va harakat maydonlarining yirik masshtabli o’zgarishlari natijasida kelib chiquvchi to’lqinlar (Rossbi to’lqinlari), shuningdek tropopauza, seysmik to’lqinlar, atmosferaning ko’tarilish va pasayish to’lqinlari.