ATOM, ION VA MOLEKULALARNING QUTBLANUVCHANLIGI

ATOM, ION VA MOLEKULALARNING QUTBLANUVCHANLIGI — tashqi elektr maydoni ta’sirida elektronlar buluti, atom yadrosi, molekula va ionlar markazlarining birbiriga nisbatan siljishi. Umumiy qugblanish atom qutblanish ra, elektron qugblanish re va orientatsiya qutblanishi ro yig’indisiga teng: ra — atom yadrosining tashqi maydondagi manfiy qutb tomon siljishi, Rz— elektronlar bulutining elektr maydonidagi musbat qutb tomon siljishi, ro — tug’ma dipolli molekulalarning maydon qutblari tomon mos tartibda joylashishi. Qutblanish natijasida qutblanmagan molekula qutblangan molekulaga aylanadi, tug’ma dipolli molekulalarning qutbliligi oshadi. Qutblanish natijasida vujudga kelgan dipol induktsiya dipoli deyiladi. Induktsiya dipoli momenti t ta’sir ko’rsatuvchi maydonning kuchlanganligi E ga mutanosib: t = ae, a — qutblanuvchanlik; har qaysi zarracha (molekula, atom) ning qutblanuvchanlik xossasini ifodalaydi. Anionlarda yadroning elektron qavatiga ta’siri kuchsizroq, shu sababli anionlar tashqi elektr maydoni ta’sirida osonroq qutblanadi va ularning zaryadi hamda radiusi qancha katta bo’lsa, shuncha oson qutblanadi. Kationlarning qutblash xossasi ham bor, bu xossa kationning zaryadiga to’g’ri, radiusiga teskari mutanosib.