ATOM RAQAMI

ATOM RAQAMI — kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy sistemasidagi tartib raqami. Atom yadrosidagi protonlar soniga teng. Masalan, kislorod atomi yadrosida 8 ta proton bor. Kislorodning Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi raqami ham 8 ga teng.