ATOM VA MOLEKULALAR DIFRAKTSIYASI

ATOM VA MOLEKULALAR DIFRAKTSIYASI — kristallardan turli azimutal burchaklarda maksimum, minimumlar hosil qilib, atom va molekulalarning sochilishi. Atom va molekulalar difraktsiyasi ularning to’lqin xususiyatiga ega ekanligini namoyon qyladigan hodisa. DeBroyl tenglamasiga asosan v tezlik bilan harakatlanayotgan atom va molekulalarning to’lqin uzunligi teng, bunda: t — atom yoki molekula massasi, h — Plank doimiysi, E — energiyasi. Engil atom va molekulalar (N, N2, Ne, SO2) ning issiqlik harakati tezligi (Maksvell taqsimoti) ga mos keladigan de-Broyl to’lqin uzunligi kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofaga taxm. teng, shuning uchun kristallning sirti difraktsiya panjarasi bo’la oladi. Difraktsiya hodisasining oddiy nazariyasiga asosan uzunligi X ga teng to’lqinlar kristalldan sochilib, v burchak yo’nalishida maksimal intensivlikka ega bo’lishi uchun rik q 2rfsin9 shart bajarilishi kerak. Bu yerda p — difraktsiya maksimumi tartibi, d — kristall davri, 8 — tushayotgan nur (atomlar) bilan atom tekisligi orasidagi burchak.