ATOMNI UYG’OTISH
ATOMNI UYG’OTISH – atomni normal (risoladagi) energiya holatidan yuqori energiya holatiga o’tkazish. Atomni yorug’lik, issiqlik ta’sirida yoki elektronlar bilan bombardimon qilib uyg’otish mumkin. Atom bu jarayon natijasida ma’lum miqdordagi energiyani yutib, uning orbitasidagi elektronlar yukrri energiya holatiga o’tadi. Masalan, natriy atomini uyg’otish uchun 2 ev yoki 3,2 10~12 erg energiya kerak. Xona temperaturasida atomlarning o’rtacha kinetik energiyasi 5 • 10~14 erg ga teng, bu uyg’onish energiyasidan 100 marta kichik. Atomning uyg’otilganligini uning normal holatga o’tishida ma’lum to’lqin uzunligidagi yorug’lik chiqarishidan bilish mumkin. Elektron bilan to’qnashgan atom undan qabul qilib olgan ortiqcha energiyani bir oz takt davomida saqlab turib, so’ngra atrofdagi atomlar harakati ta’sirida uni qaytarib beradi va yana normal holatga o’tadi. Agar gaz bosimi juda kichik bo’lsa, atom ortiqcha energiyani yorug’lik chiqarish bilan qaytarishi mumkin. Agar simob atomining birinchi kritik potentsiali 4,9 ev ga teng bo’lsa, uni shunday energiyali elektron bilan bombardimon qilinganda uyg’otilgan holatga o’tadi va, aksincha, normal holatga o’tishi uchun uning ortiqcha uyg’otish energiyasi yorug’lik kvanta holida nurlanishi kerak. Siyraklashtirilgan simob bug’ini monoxromatik yorug’lik bilan nurlatilsa, atomning uygonishi (optik uyg’onish) ro’y beradi. Yutilgan yorug’lik kvantining energiyasi qancha bo’lsa, atom qaytargan kvantning energiyasi ham shuncha bo’ladi. Masalan, natriy bug’larini sariq natriy spektr chizig’iga mos yorug’lik kvanta bilan nurlatilsa, u yana kayta shu sariq spektr chizig’iga mos nur chiqaradi. Maxsus usullar yordamida atomlarni ikkinchi, uchinchi va boshqa yuqori kritik potentsiallar (yuqori energiya holatlari) gacha uyg’otish mumkin. Bu atomning qayta chiqargan energiyasi turli to’lqin uzunlikdagi yorug’lik nuridan iborat bo’ladi. Uchinchi termik (issiqlik vositasida) uyg’otish usuli yuqori temperatura ta’siri bilan bog’liq. Gaz alangasiga kiritilgan osh tuzining zarrasi alangani sariq rangli qilib ko’rsatadi. Spektroskop yordamida alangada natriyning sariq spektr chizig’i borligini kuzatish mumkin.