ATSETATLAR
ATSETATLAR (lotincha acetum — sirka) — sirka kislotaning tuzlari va efirlari. Ko’pchiligi suvda yaxshi eriydi. To’qimachilik sanoatida xurush sifatida, tibbiyotda antiseptik vosita va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Efirlari — xushbo’y hidli uchuvchan suyuqlikdir. Atsetatlar (asosan etil atsetat) nitrosellyuloza loklari va poliefir smolalar uchun erituvchi sifatida, shuningdek tselluloid, kinoplyonka, atir-upa ishlab chiqarishda va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Vinil atsetat asosida sun’iy tolalar, loklar va yelimlar tayyorlanadi.