ATSETILEN
ATSETILEN, etin, S2N2 — uch bog’li to’yinmagan uglevodorodlarning eng oddiy vakili. Molekulyar modda 26,04. Rangsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 81° (1277 millimetr sim. ust. da). Qaynash temperaturasi — 83,8°. Toza Atsetilen xidsiz. Atsetilen yuqori bosim ostida qizdirilsa portlaydi, havo bilan aralashmasi ham portlashi mumkin. Atsetilen kaltsiy karbidga suv ta’sir ettirib olinadi. U yuqori temperatuada chala oksidlab va elektr kreking yordamida metandan (tabiiy gazdan) ham hosil qilinadi. Atsetilen kimyoviy reaktsiyalarga juda yaxshi kirishadi. U birikish reaktsiyasiga kirishganda, reaktsiya ikki bosqichda boradi, birinchi bosqichda etilen qatoriga kiruvchi birikmalar hosil bo’lib, ikkinchi bosqichda bular to’yingan birikmalarga aylanadi. Atsetilenni xlorlash reaktsiyasidan foydalanib, sanoatda ko’p ishlatiladigan geksaxloretan va trixloretilen kabi muhim birikmalar olinadi. Atsetilenga simob tuzlari ishtirokida suv molekulasining birikishi natijasida atsetaldegid hosil bo’ladi yoki Atsetilen katalizator ishtirokida polimerlansa, kauchuk ishlab chiqarishda xom ashyo vazifasini o’taydigan vinilasetilen olinadi. Atsetilen to’yinmagan birikma bo’lishiga qaramay, o’rin almashinish reaktsiyalariga ham kirishishi mumkin. Atsetilen 1836 yilda kashf qilingan. Uni ilk bor 1862 yil frantsuz kimyogari M. Bertlo ko’mir va vodoroddan sintez qilgan. Nemis kimyogari F. Vyoler 1862 yilda ani kaltsiy karbiddan kuyidagi reaktsiyaga asosan olish mumkinligini ko’rsatib berdi. Bu usul hozir ham texnik usullardan biri sifatida o’z ahamiyatini saqlab qolgan. Sanoatda Atsetilen olishning muhim usuli tabiiy gazlarni termik krekinglashdir. Uni elektrokreking usuli bilan metanni Volta yoyi orqali (1600° da) o’tkazib olish ham mumkin. Atsetilen yonishidan ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqqanligi uchun metallarni payvandlashda va har xil mahsulotlarni sintez qilishda ishlatiladi.