Attestatsiya

Attestatsiya-1) mutaxassislarning ishga layoqati, malakasini, bilim darajasi va xulq-atvorini aniqlash va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berish uchun o’tkaziladigan sinov; 2) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida muayyan ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari: moddiy-texnik bazasi, kadrlar bilan ta’minlanganligi, o’quv-tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, boshqaruv darajasi, o’quv-uslubiy ta’minoti, o’quvchilar va talabalar bilim darajasi va boshqa qator ko’rsatkichlar bo’yicha davlat ta’lim standartlariga nechog’liq muvofiq ekanligini aniqlab beruvchi jarayon.