AUSTERLIS JANGI
AUSTERLIS JANGI [1805.20.11. (2.12)] — 1805 yilgi Rossiya — Avstriya -Frantsiya urushi paytida Austerlis shahri (hozirgi Chexiyaning Slavkov shahri) yaqinida Rossiya-Avstriya qo’shinlari bilan Frantsiya qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang. Napoleon I boshchiligidagi frantsuz armiyasi M. I. Kutuzov qo’mondonligidagi Rus-Avstriya qo’shinlarini tor-mor qilgan. Jangdan so’ng 3-antifrantsuz koalitsiyasi tarqab ketgan. Aut (inglizcha out — tashqarida, narida) — 1) sport o’yinlarida to’p (shayba)ning maydonni chegaralab turgan chiziq (devor)dan tashqariga chiqishi; 2) hakamning bokschi nokautda ekanligini e’lon qilishi.