Xolera, vabo nima degani
Xolera, vabo nima degani – ichak infeksiyalari guruhiga kiradigan, organizmning zaharlanishi va keskin suvsizlanishi bilan o’tadigan o’tkir yuqumli kasallik.

Xolera, vabo nima degani – ichak infeksiyalari guruhiga kiradigan, organizmning zaharlanishi va keskin suvsizlanishi bilan o’tadigan o’tkir yuqumli kasallik.
Xondrokaltsinoz nima degani – bo’g’im tog’aylarida kalsiy tuzlarining to’planishi. Giperparatireoz, gemoxromatoz, arkoptonuriya, akromegaliya va boshqa holatlarda, kalsiy almashinuvining buzilsihida ro’y beradi.
Xondromalyatsiya nima degani – tog’ay to’qimalarining odatdan tashqari yumshoq bo’lishi, yumshab qolishi; tog’aylarning egiluvchanlik va tanglik xususiyati yo’qolishi natijasida bo’g’imlarda deformatsiya va kamharakatlilik rivojlanadi.
Xondromatoz sustava nima degani – bo’g’im sinuvial pardasidan o’sib chiqqan, bo’g’imda kalsinatlar tugunchalar hosil qilgan, tog’ayda ko’plab o’choqlar ko’rinishidagi xavfsiz o’sma. Bu tugunchalar uzilib, bo’g’im bo’shlig’iga tushib kalsinozga olib keladi.
Xondrofit nima degani – uzun naysimon suyaklar epifizar tog’ay qismining o’simtasi; odatda ohaklanish va ossifikatsiya (suyak hosil bo’lishi)ga uchraydi.
Xromota, oqsoqlik, cho’loqlik nima degani – oyoq arteriyalari kasalligining simptomi. Yurishni qiyinlashtiradigan og’riq sezgisi, og’irlik, uvishib qolish bilan ifodalanadi, oyoqlar harakatidagi simmetriya buziladi.
Xryashevaya tkan, tog’ay to’qima nima degani – hujayralari va ko’p miqdorda hujayralararo moddasi bor biriktiruvchi to’qima turlaridan biri.
Xryash, tog’ay nima degani – oq, qon tomirlarsiz, bir jinsli, yarim tiniq, biriktiruvchi to’qima (xondrin). Uning lakunalarida yadroli hujayralar mavjud.
Xrustalik, ko’z gavhari nima degani – ko’z nur sindiradigan apparatning qismi. Ko’z qorachig’i orqasida joylashgan; ikki tomoni qavariq shisha shakliga ega.
Tsista nima degani – ko’plab soda mikroorganizmlarning noqulay sharoitda yashash shakli, qattiq pardaga o’ralgan bo’ladi. Sista shaklidagi parazitlar atrof-muhit orqali yuqadi (ichak mikroblari) yoki xo’jayin to’qimasida uzoq vaqt yashaydi (toksoplazmalar).