Shum(i), shovqin(lar) nima degani
Shum(i), shovqin(lar) nima degani – odam tanasining turli sohalarida asosan patologik sharoitlarda eshitiladigan har xil tovushlar; o’pka, plevra, yurak, me’da, ichak shovqinlar va shu kabi shovqinlar bo’ladi.

Shum(i), shovqin(lar) nima degani – odam tanasining turli sohalarida asosan patologik sharoitlarda eshitiladigan har xil tovushlar; o’pka, plevra, yurak, me’da, ichak shovqinlar va shu kabi shovqinlar bo’ladi.
Shtrassmanna psiznak nima degani – bachadon devori urib ko’rilganda kindik atrofida, palpatsiya vaqtida, urilish, itarilish sezgisi paydo bo’ladi, hali platsenta (yo’ldosh) ajralmaganligidan dalolat beradi.
Shpora, pix nima degani – 1) ko’z oldi kamerasi burchagi mikrotuzilishining bir elementi; 2) suyak pixlari – suyaklar yuzasida suyak to’qimasining tikanaksimon o’sishi; masalan, tovon suyagining tagida yoki orqasida.
Shpatel nima degani – 1) mayda don, tolqon shaklidagi va yopishqoq moddalarni aralashtirish, surtish uchun dorixona va laboratoriyalarda qo’llaniladigan metall yoki plastmassadan yasalgan uzun plastinka shaklli asbob; 2) jarrohlikda – … Read More
Shok nima degani – organizmning odatdan tashqari qo’zg’atuvchilar ta’siriga nisbatan o’ziga xos javobi sifatida vujudga keladigan xatarli simptomokompleks.
Shov nima degani – 1) bir-biriga yaqin joylashgan, biriktiruvchi to’qimasining kalta yo’g’on tolalar tutami bilan o’zaro bog’langan ikkita suyakning qo’zg’almay birikishi; 2) xirurgik chok.
Shina nima degani – tananing shikastlangan yoki kasal qismini qo’zg’atmaslik (immobilizatsiya), unga orom berishmaqsadida ishlatiladigan moslama.
Shizofreniya nima degani – ifodalangan o’ziga xos bo’lgan fikrlash va idrok buzilishlari hamda affekt yassilanishi yoki noadekvatligi bilan tavsiflanadigan endogen polimorf ruhiy kasallik.
Sheyechniy puzirek matki, bachadon bo’yinchasi pufakchasi nima degani – bachadon bo’yinchasi bezi epiteliyasidan ajralgan, shilliq sekret bilan to’ldirilgan yopiq bo’shliq.
Shankr yuqumli venerik kasallik nima degani – 1) infeksiya tushgan va dastlabki zararlangan sohada rivojlanadigan venverik yara – yumshoq shankr; 2) zaxm shankri (birlamchi sifiloma) – qattiq shankr, yara.