ANALITIK GEOMETRIYA

ANALITIK GEOMETRIYA — geometriya bo’limi; unda sodda geometrik obrazlar (nuqtalar, to’g’ri chiziqlar, tekisliklar, ikkinchi tartibli egri chiziqlar va sirtlar) koordinatalar usuli asosida algebraik vositalar bilan o’rganiladi. Koordinatalar usulining mohiyati quyidagicha: … Read More

ANALIZATORLAR

ANALIZATORLAR (fiziologiyada) — yuksak darajadagi hayvonlar va odam nerv tuzilmalarining murakkab sistemasi. Analizatorlar tashqi muhit va organizmdagi ta’sirotlarni idrok etib, tahlil (analiz) qiladi. Analizatorlar tushunchasini I. P. Pavlov kiritgan (1909). … Read More

ANALIZATOR

ANALIZATOR, optikada — yorug’likning qutblanish xususiyatini aniqlovchi asbob. Yassi-qutblangan yorug’likni topishda va uning qutblanish tekisligini aniqlashda kutblovchi prizmalar, polyaroidlar va turmalin plastinkalaridan foydalaniladi.

ANALIZ VA SINTEZ

ANALIZ VA SINTEZ (Yunoncha analysis -ajratish va synthesis — birlashtirish) — kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan, o’zaro chambarchas bog’langan tekshirish usullari. Analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo’laklarga … Read More

ANALEPTIKLAR

ANALEPTIKLAR — uzunchoq miyadagi nafas olish va tomirlarni harakatlantirish markazlarini faollashtiruvchi moddalar (kofein, kordiamin, korazol, kamfora va boshqa). Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etib, organizmning hayotiy faoliyatini oshirish, aqliy va jismoniy … Read More

ANALGEZIYA

ANALGEZIYA (Yunoncha analgesia — hissizlik) — 1) mutlaqo og’riq sezmaslik. Periferik nervlar, orqa yoki bosh miyaning ba’zi kasalliklarida kuzatiladi. Tuyg’u, harorat kabi sezgilarning buzilishi bilan birga ro’y beradi; 2) og’riqsizlantirish … Read More

ANAL BEZLAR

ANAL BEZLAR — sut emizuvchi hayvonlarda teri bezlarining maxsus guruhi bo’lib, orqa ichak bo’shlig’iga yoki anal teshik yoniga ochiladi. Ter va yog’bezlaridan hosil bo’ladi. Asosan sassiq modda chiqarib, dushmanlarini cho’chitishga … Read More

ANAKSIMEN

ANAKSIMEN (miloddan avvalgi 585-525) — yunon faylasufi. Milet maktabi namoyandasi. Anaksimandrning shogirdi. Uning fikricha, borliqning asosi havo bo’lib, uning quyuqlashuvi va siyraklashuvidan barcha narsalar yuzaga keladi.

ANAKSIMANDR

ANAKSIMANDR (miloddan avvalgi taxminan 611 — 545) — yunon faylasufi, Milet maktabi namoyandasi. «Tabiat haqida»— dastlabki yunon falsafiy asari muallifi. Fapesnchng shogirdi. Koinotning geosentrik modelini, ilk geografik xaritasini tuzgan. Odamning … Read More

ANAKSAGOR

ANAKSAGOR (miloddan avvalgi taxminan 500- 428) — yunon faylasufi, riyoziyot va falakiyot olimi, Afina falsafa maktabining asoschisi. Xudosizlikda ayblangan (u Quyosh cho’g’ holatidagi jismdan iborat, deb uqtirgan). Buzilmas unsurlar — … Read More